Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Sirdaryo va Namangan viloyatlarida kichik sanoat zonalari kengaytiriladi

28.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 524-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Ma’lumot uchun: 2017 yil avgust oyida Sirdaryo viloyatida 2 ta KSZ (VMning 4.08.2017 yildagi 589-son qaroriga qarang), oʻtgan yilning iyul oyida esa Namangan viloyatida 6 ta KSZ (2.07.2018 yildagi PQ-3826-son qarorga qarang) tashkil etilgan.

 

Hukumat Namangan viloyatidagi 5 ta KSZ va Sirdaryo viloyatidagi 1 ta KSZ tarkibiga roʻyхat boʻyicha foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarini  kiritish toʻgʻrisidagi taklifni qabul qildi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va «Oʻztransgaz» AJ boshqaruv organlari 2 oy muddatda roʻyхatga kiritilgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarini  koʻrsatilgan viloyatlar hokimliklariga topshiradi. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi KSZlari tarkibi oʻzgarganligini inobatga olgan holda ularning chegaralarini aniqlashtiradi.

 

Shuningdek, yaqin vaqtda KSZlari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — «yoʻl хaritalari»ni ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari lozim. Mazkur ma’lumotlar tadbirkorlik sub’yektlariga yetkaziladi, ularga KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda koʻmaklashadilar.

 

Bundan tashqari, KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli roʻyхati tasdiqlandi, bu ishlarni bajarish jadvali esa  tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birganlikda tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.