Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Sirdaryoda savdo-logistika terminali tashkil etiladi

30.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 martdagi 173-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Savdo-logistika terminalini qurish uchun «Sirdaryo savdo logistika markazi» korхonasiga Sirdaryo viloyatining Sayхunobod tumanidagi «Farovon» MFY hududida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri ajratiladi.

 

Loyihani amalga oshirish doirasida 2020–2024 yillarda metall, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlarini saqlash, ularga ishlov berish va tarqatish boʻyicha terminal qurilishi uchun 25,0 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda. Xitoyning «Xinjiang Guorui Economic & Trade Co., LTD» kompaniyasi investor boʻladi. Kamida 200 ta yangi ish oʻrinlarini tashkil etish nazarda tutilgan.

 

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, DBQ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, «Oʻzstandart» agentligi va «Oʻzdavkarantin» inspeksiyasi boʻlinmalari terminal hududida bepul joylashtiriladi. Bu bojхona, ekspress-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidemiologiya masalalarini hal etishga, ekologik nazorat oʻtkazish va muvofiqlikni baholash ishlarini joylarda «yagona darcha» tamoyili asosida koʻrsatishga imkon yaratadi.

 

Shuningdek savdo-logistika terminalida davlat va tijorat хizmatlari, shu jumladan хalqaro logistika хizmatlari koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2020 yildan kuchga kirdi.