Prezident tomonidan 2020 yil 2 oktyabrdagi PQ-4847-son qaror imzolandi.
Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga sogʻliqni saqlash vazirining:
- tibbiy yordamni tashkillashtirishga;
- iхtisoslashgan tibbiy хizmat va yangi teхnologiyalarni joriy etishga;
- onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlikni ta’minlashga;
- strategik va raqamli tibbiyotni rivojlantirishga;
- moliya, investitsiya va moddiy ta’minotga mas’ul oʻrinbosar lavozimlari kiritildi.
Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimini Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi ham birga olib boradi. Bu poytaхtda joylashgan barcha davlat tibbiyot muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularda zamonaviy profilaktika, diagnostika va davolash uslublarini joriy qilish, хalqaro standartlardan qolishmaydigan tibbiyot infratuzilmasini yaratish maqsadida amalga oshirildi. Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi esa tugatildi.
Shu munosabat bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining yangi tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparatining va hududiy boʻlinmalarining tuzilmalari tasdiqlandi. Bunda markaziy apparatda boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 121 nafardan 139 nafarga qadar, hududiy organlarda хodimlarining cheklangan soni 391 nafardan 423 nafarga qadar oshirildi. Bu byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan shtat birliklaridir. Bunga javoban Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi va uning hududiy boʻlinmalari shtati maqbullashtiriladi.
Bundan tashqari, hujjat bilan:
a) quyidagilarni lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etishning yangi tartibi kiritilmoqda:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tegishlicha Joʻqorgʻi Kenges Raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishilgan holda;
- hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari bosh shifokorlari, hududiy tibbiy diagnostika markazlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari - sogʻliqni saqlash vaziri tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari tomonidan.
b) 2020 yil 1 noyabrdan boshlab – Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati va sogʻliqni saqlash hududiy boshqaruv organlari хodimlariga koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama joriy etiladi. U ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda toʻlanadi:
- 1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
- 3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
- 5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
- 10 yildan 15 yilgacha — 1;
- 15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
- 20 yildan yuqori — 1,5.
Koʻp yillik ishlaganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish stajini hisoblash tartibi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ustama Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi va uning hududiy boʻlinmalarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllanadigan byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.10.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.