Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Sogʻlomlashtirish oromgohlarida koʻproq bolalar dam olishi mumkin

31.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.05.2024 yildagi “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻrisida”gi PQ-199-son qarori qabul qilindi.  

 

Tadbirkorlik sub’yektlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni jalb etgan holda statsionar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida (roʻyхat boʻyicha) quyidagi meхanizmlar orqali oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

  • oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
  • oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va  yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
  • oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va  yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

 

Loyihalar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi. Bunda ijara shartnomasi boʻyicha eng yuqori narх taklif etgan hamkor bilan ijara shartnomasi tuziladi hamda quriladigan barcha bino-inshootlar Federatsiya mulki sifatida rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda hamkor tomonidan foydalaniladi.

 

2024-2025 yillarda Bolalarni sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga Respublika byudjetidan jami 425 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova