Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Soliq hisoboti – yangi shakllar boʻyicha

26.02.2020

Rus tilida oʻqish

Davlat soliq qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 3221,  24.02.2020 yil) bilan soliq hisoboti shakllari tasdiqlandi. Hujjat Soliq kodeksi, «Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi, "Davlat boji toʻgʻrisida"gi va «Yer osti boyliklari toʻgʻrisida»gi qonunlarga muvofiq qabul qilindi.

 

Soliq hisoboti shakllariga hujjatga tegishli ilovalarda keltirilgan quyidagi hisobot turlari kiritilgan:

  • qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha;
  • aksiz soligʻi boʻyicha;
  • yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha;
  • jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha;
  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha;
  • yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha;
  • yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha;
  • aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha;
  • olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha;
  • davlat boji va yigʻimlar boʻyicha;
  • tijoratbop topilma bonusi boʻyicha.

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil uchun hisobot 2019 yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida, biroq yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi (bu yerda qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.