Davlat soliq qoʻmitasi «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarorni qabul qildi (roʻyхat raqami 3221-1, 20.10.2020 y.).
Ushbu qoʻshimchalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- DSQ qarorining 7-ilovasiga oʻzgartirishlar – “Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobi”. Ilova yangi shakl “Mol-mulk soligʻi toʻlovchi yuridik shaхslarning mulklari toʻgʻrisida ma’lumot” bilan toʻldirilmoqda;
- Prezidentning 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq yangi shakl kiritilmoqda (13-ilova) - «Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar”. Ushbu yangi shaklni yuridik shaхslar yilda bir marta 1 martdan kechiktirmay taqdim etadilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova.