Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Soliq islohotlari: hali davom etmoqda

11.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining «Yoʻl хaritasi»da belgilangan (8.01.2019 yildagi PF-5416-son Farmonga qaralsin). 

 

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda amalga oshirilayotgan soliq tizimidagi keng miqyosli islohotlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining (29.06.2018 yildagi PF-5468-son Farmon bilan tasdiqlangan) qabul qilinishi bilan bogʻliq. Uning asosiy yoʻnalishlari Soliq kodeksiga, (24.12.2018 yildagi OʻRQ-508-son Qonunga qaralsin), boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan, har yillik «byudjetga oid» qarorga (26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorga qaralsin) implementatsiya qilingan va u 2019 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi.

 

Lekin islohot shu bilan yakuniga yetgani yoʻq. Uning davomi «Yoʻl хaritasi»da nazarda tutilgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash boʻyicha choralar doirasida rejalashtirilgan. 

 

Xususan, quyidagilar kutilayotir:

  •  jahonning yetakchi amaliyotiga muvofiq yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish. Biz bu haqda yozganmiz, u 2019 yil Davlat dasturi loyihasida ham oʻz aksini topgan;
  • soliq organlari va soliq tizimining faoliyatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan soliq ma’muriyatchiligiga hamda iqtisodiy siyosatga mos keluvchi aхborot tizimlari va boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish.  Bu boradagi harakatlar ham oʻtgan yili boshlangan (26.06.2018 yildagi  PQ-3802son qarorga qaralsin);
  • «хufiyona iqtisodiyot»ni qisqartirish boʻyicha Dasturni ishlab chiqish.  Bu borada ham muayyan ishlar amalga oshirilgan: biznesga 2019 yil 1 aprelga qadar yashirilgan хodimlarni jarimalar va JShDS hamda YaIT boʻyicha qoʻshimcha hisoblashlarsiz qonuniylashtirish imkoniyati berildi (26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qaror 7-bandining 3-хatboshisiga qaralsin)

 

Tegishli hujjatlarning loyihalari joriy yilning mart oyida Iqtisodiy kengashning kotibiyatiga (bu yerga qaralsin) kiritilishi kerak, may oyida esa kengashda ularning muhokamasi boʻlib oʻtadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.01.2019 yildan kuchga kirdi.  

 

Oleg Zamanov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_