Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2940, 24.10.2017 yil) bilan Soliq maslahati milliy standarti (5-son SMMS) «Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar» tasdiqlandi.
5-sonli SMMS soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati deganda qonun hujjatlariga muvofiq soliq maslahati boʻyicha хizmatlarni sifatli koʻrsatilishini ta’minlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi va u quyidagilarni oʻz uchiga olishi shart:
- tashkilotni oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarish uchun bilimga, mahoratga va malakaga ega boʻlgan soliq maslahatchilari bilan jamlanganligi;
- murakkab boʻlgan vazifalarni kasbiy malakasi ushbu vazifalar хususiyatlariga muvofiq boʻlgan soliq maslahatchilariga topshirish;
- soliq maslahati boʻyicha хizmat koʻrsatish jarayonida ishlarni zarur sifat talablariga javob beradigan yoʻnaltiruvchi koʻrsatmalar asosida bajarish;
- soliq maslahatchilarning aniq holatlarda bilimi yetarli boʻlmaganda, soliq maslahatchilari tashkiloti ichida ham, uning tashqarisida ham tegishli maslahatlar olish;
- oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun soliq maslahatchilariga nisbatan tegishli choralar koʻrish.
Ma’’lumot uchun: «Soliq maslahati toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq ishlab chiqarilgan SMMS mamlakatimizda soliq maslahati boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishning me’yoriy elementi hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 25.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Feruz Xayrullayev.