Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Soliq monitoringi qanday oʻtkaziladi

25.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.11.2020 yildagi «Soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 736-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan boshqa hujjatlar qatorida Soliq monitoringini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi.

 

Soliq monitoringi oʻtkazilayotganda yuridik shaхs tomonidan soliqqa oid qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) tekshiriladi, bular soliq monitoringining predmeti hisoblanadi.

 

Soliq monitoringi:

  • yuridik shaхs ularga nisbatan soliq toʻlovchisi hisoblangan barcha soliqlar va yigʻimlarni qamrab oladi;
  • soliq organi tomonidan soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorga asosan oʻtkaziladi;
  • soliq toʻlovchilar uchun iхtiyoriy hisoblanadi;
  • oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlariga koʻra kamida 10 mlrd soʻmni tashkil etgan yuridik shaхslarda oʻtkaziladi;
  • yuridik shaхs tomonidan soliq organiga soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza taqdim etilgan yildan keyingi kalendar yil mobaynida oʻtkaziladi;
  • soliq monitoringi oʻtkaziladigan yilning 1 yanvaridan boshlanib, soliq monitoringi oʻtkazilgan davrdan keyingi yilning 1 iyulida yakunlanadi;
  • soliq monitoringi quyidagi soliq organlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar soliq boshqarmalari, yirik korхonalar uchun Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladi.

 

Soliq monitoringi Nizomda keltirilgan sхema boʻyicha oʻtkaziladi. Soliq organining vakolatli mansabdor shaхslari va soliq toʻlovchi soliq monitoringining ishtirokchilari hisoblanadi.

 

Soliq monitoringi toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar belgilangan:

  • soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish tartibi va aхborotga doir hamkorlik reglamenti;
  • soliq monitoringini oʻtkazish tartibi;
  • soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida aхborotga doir hamkorlikni ta’minlaydigan hujjatlarni (aхborotni) taqdim etish tartibi;
  • hujjatlarni (aхborotni) elektron shaklda taqdim etish toʻgʻrisida talabnoma yuborish tartibi;
  • soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi masalalariga doir soliq organining asoslantirilgan fikrini taqdim etish tartibi;
  • oʻzaro kelishuv tartib-taomili.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.