Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Soliq organlari ayrim huquqlardan mahrum boʻlmoqda

18.03.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.03.2023 yildagi “Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 132-son qarori qabul qilindi.

 

Kameral tekshiruvlarni oʻtkazishda soliq organlarining quyidagi huquqlari bekor qilinmoqda (QQS summasini oʻrnini qoplashda (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral tekshiruvlar bundan mustasno):

  • soliq toʻlovchining hududiga kirish;
  • uning hududini va binolarini koʻzdan kechirish;
  • soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
  • hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.03.2024 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev