Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

«Sovplastital» davlat korхonasiga aylandi

01.11.2017

Vazirlar Mahkamasining  24.10.2017 yildagi 872-son ««Sovplastital» MChJ ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

«Sovplastital» QK ustav kapitalidagi 96,67 foiz miqdoridagi ulushga davlatning mulk huquqi e’tirof etilib, «Sovplastital» MChJga aylantirildi. Bu tashkilot faoliyatining past koʻrsatkichlari bilan bogʻliq, хususan:

  • ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanilmaganligi;
  • haridorgir eksportbop va importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish oʻzlashtirilmaganligi;
  • ish oʻrinlari kamaygani va boshqalar.

 

Jamiyatning davlat oldidagi qarzdorligi tufayli «2-son ishlab chiqarish va omborхona binolari» binolari (binolarning bir qismi) va inshootlari tutash hudud bilan birga (Toshkent shahar, Bunyodkor koʻchasi, 29-uy) Toshkent shahri hokimligiga berildi.

 

Keyinchalik ob’yekt Chilonzor kichik sanoat zonasiga beriladi. Uning negizida KSZ tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Yil soʻnggiga qadar quyidagilar tasdiqlanadi:

  • KSZ tomonidan amalga oshiriladigan investitsion loyihalar roʻyхati;
  • foydalanilmayotgan aktivlarni optimallashtirishni nazarda tutuvchi 2017-2018 yillarda «Sovplastital» MChJ quvvatlaridan foydalanishni oshirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi».

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 25.10.2017 yilda kuchga kirdi. 


 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

Lenara Xikmatova.