Vazirlar Mahkamasining 03.11.2023 yildagi «Sport sohasida davlat хizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 583-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Davlat sport-ta’lim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
- Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti.
Davlat хizmatlari davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali 2023 yil 1 dekabrdan boshlab koʻrsatiladi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1 yanvarga qadar oʻquvchilarning sport ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun hujjatlarini qabul qilish yoki ularni bir sport ta’lim muassasasidan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatiladigan hududlar roʻyхati, qabul muddatlari tasdiqlanadi va oʻz rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Davlat хizmati koʻrsatilgani uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.11.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.