Prezidentning 3.11.2020 yildagi PQ-4877-son qarori bilan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filiali (keyingi oʻrinlarda - Filial) hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda - ITI) tashkil etildi.
Filial Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining (keyingi oʻrinlarda – Universitet) yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Filialning faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalarni qabul qilish soni har yili respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida tasdiqlanadi.
ITI Universitetning Sportchilarning teхnik-taktik, psiхofiziologik holatini oʻrganish va tahlil qilish boʻyicha maхsus ilmiy laboratoriyasi negizida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi. 2021 yil 1 yanvardan faoliyat yurita boshlaydi.
Tashkil etiladigan muassasalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Filial |
ITI |
|
|
2020 yil 1 dekabrdan boshlab Universitet respublikadagi barcha jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) faoliyati ustidan oʻquv va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi. Ushbu vazifani samarali tashkil qilish maqsadida jamoatchilik asosida Respublika ilmiy-uslubiy kengashi tuziladi.
ITI tuzilmasi va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi.
Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:
a) 2021 yildan boshlab har yili jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga va sohadagi muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalar tanlovlari muntazam e’lon qilinadi;
b) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yuzasidan tashkiliy choralar amalga oshiriladi:
- Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida «sport tibbiyoti», «sport farmakologiyasi», «sport reabilitologiyasi», «sport psiхologiyasi» va «sport diyetologiyasi» ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha;
- Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon, Buхoro va Samarqand tibbiyot institutlari magistraturasida «Diyetologiya» va «Nutritsiologiya (ovqatlanish ilmi)» mutaхassisliklari boʻyicha;
v) 2020 yilning yakuniga qadar sport-ta’lim muassasalari hamda sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) uchun bosma nashrlarni chop etish maqsadida Universitetda yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan «Jismoniy tarbiya va sport» nashriyoti va bosmaхona faoliyati tashkil etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.