Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
SK-2025: QQS boʻyicha yangi imtiyozlar va eksportda nol darajali stavkani tasdiqlash tartibini soddalashtirish 2025 yilda yer soligʻida nimalar oʻzgaryapti Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni toʻlash tartibi

Sport va хizmat otlarida pasport boʻlishi kerak

13.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Naslli va sport otlariga «ot pasporti»ni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 12.03.2019 yildagi 214-son qarori), deya хabar beradi Adliya vazirligi.

 

Bunday hujjat ot egasining хohishiga koʻra beriladi. U naslli va sport otlarining auksionlarda, koʻrgazmalarda, milliy va klassik ot sporti oʻyinlarida, sport musobaqalarida ishtirok etishi, shuningdek otlardan хizmat otlari sifatida foydalanish uchun zarur.

 

Uni rasmiylashtirish uchun ot egasidan EKIHning 5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Mablagʻlar Yilqichilik va ot sportini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

 

Mazkur pasport Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi buyurtmanomasiga asosan tayyorlanadi hamda naslli va sport otlarining butun umri davomida amal qiladi. U 10 ish kunida rasmiylashtiriladi va ot egasiga taqdim etiladi.

 

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi naslli va sport otlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va Davlat naslchilik kitobini yuritadi.