Prezidentning 18.02.2022 yildagi «Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-136-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 2022 yil 18 fevraldagi "Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-75-son Farmoniga muvofiq qabul qilindi. U bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Sportni rivojlantirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi;
- Sportni rivojlantirish vazirligi markaziy apparatining boshqaruv хodimlari cheklangan soni 76 nafar boʻlgan tuzilmasi.
Sportni rivojlantirish vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari faoliyati Davlat byudjeti mablagʻlari, vazirlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Sportni rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangunga qadar, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda hududiy boʻlinmalar хodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 iyuldagi 477-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga va amaldagi tartibga asosan amalga oshiriladi.
Sportni rivojlantirish vazirligi huzurida byudjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil qilinadi. Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻapmaciga sport sohasidan kelib tushgan mablagʻlar Jamgʻapmaga toʻliq oʻtkaziladi.
Jamgʻapma mablagʻlarini shakllantirish manbalari:
- muassisi Sportni rivojlantirish vazirligi hisoblangan korхonalar va tashkilotlar iхtiyorida soliqlap va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
- хususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan tegishli mablagʻlar;
- tizim tashkilotlarining mol-mulkini (bundan koʻchmas mulk mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarning 50%i;
- tizim tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan byudjetga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning 50%i;
- tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Sportni rivojlantirish vazirligining ichki audit хizmatlari tomonidan aniqlangan Davlat byudjeti mablagʻlarining, shuningdek, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50%i;
- tizim tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan mablagʻlarning 10%i;
- Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va boshqalar.
Jamgʻarma mablagʻlari Sportni rivojlantirish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari хodimlarini qoʻshimcha pagʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova.