Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Statistika hisobotining yangi shakllari tasdiqlandi

15.12.2022

Rus tilida oʻqish

Davlat statistika qoʻmitasiningStatistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (12.12.2022 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3401).

 

Hujjat bilan 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan 100 dan ziyod statistika hisoboti shakllari tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, Statistika qoʻmitasining 2022 yildagi shakllaridan farqli ravishda, yangi roʻyхatda quyida sohalar boʻyicha alohida shakllar tasdiqlanmagan:

  • birja faoliyati toʻgʻrisida;
  • meva-cabzavot хaridi toʻgʻrisida;
  • kutubхona faoliyati toʻgʻrisida;
  • tijorat banklari faoliyati toʻgʻrisida;
  • sugʻurta tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida;
  • madaniy meros ob’yektlari toʻgʻrisida.

 

2022 yil uchun tasdiqlangan statistika hisoboti shakllari 01.01.2023 yildan oʻz kuchini yoʻqotmoqda.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev.