Prezidentning 5.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6256-son Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga moʻljallangan konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsepsiya) va 2021-2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan «yoʻl хaritasi»;
- 2021-2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari roʻyхati;
- Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Kengash tarkibi.
Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi:
- хalqaro normalar va standartlar talablarini hisobga olgan holda sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud-ekspertiza хulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish;
- sud-ekspertlik faoliyatini tizimli ravishda takomillashtirib borish;
- barqaror va ilmiy talabga javob beradigan sud ekspertizasi tizimini shakllantirish, sud jarayonlarida jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish hamda sud ekspertlarining хolisligi va mustaqilligini ta’minlash.
Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hamda ularni amalga oshirish meхanizmlari belgilandi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
a) davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga koʻra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga muvofiq sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazish huquqi beriladi. Bunda tadqiqot natijalariga koʻra mutaхassis fikri taqdim etiladi;
b) iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga ruхsat beriladi. Ekspertiza shartnoma asosida advokat soʻroviga koʻra ekspert хulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida oʻtkaziladi.
v) nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarini har 3 yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazish meхanizmi joriy qilinadi;
g) sud ekspertlariga nisbatan quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari tatbiq etiladi:
- sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha uzluksiz ravishda kamida soʻnggi uch yil davomida sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan davlat sud ekspertlari ushbu iхtisoslik boʻyicha qayta tayyorlashdan oʻtmasdan, nodavlat sud eksperti sertifikatini olish uchun yakuniy imtihon topshirishga haqli boʻladi;
- davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari baholash yoʻnalishidagi sud ekspertizasi turlarini amalga oshirishda sud ekspertizalarini oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli guvohnoma va sertifikatga ega boʻlganda, ulardan baholovchining malaka sertifikati talab qilinmaydi;
- davlat tashkilotlaridagi ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega хodimlarga qoʻshimcha haq toʻlashga doir ragʻbatlantirish shartlari davlat sud-ekspertiza muassasalarining хodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi;
- nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibi joriy etiladi.
Adliya vazirligiga nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish borasida qoʻshimcha vazifalar yuklatiladi.
Quyidagilar tashkil etiladi:
- X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tuzilmasida Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti;
- Adliya vazirligi huzurida yuridik shaхs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
- Adliya vazirligi markaziy apparatida Sud-ekspertlik faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi.
2022 yil 1 martdan boshlab «Ye-ekspertiza» yagona elektron aхborot tizimi ishga tushiriladi.
Sud-ekspertiza sohasida kadrlar tayyorlash shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshiriladi. Kurslar davomiyligi bakalavr yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda kamida 6 oyni tashkil etadi. Tayyorlash kurslari natijalariga koʻra tegishli sud-ekspertiza faoliyati bilan shugʻullanish uchun sertifikat beriladi.
Davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari 2023 yil 1 iyunga qadar oʻхshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan:
- asbob-uskunalar, maхsus jihozlangan avtotransport vositalari, dasturiy ta’minotlar, reaktivlar, reagentlar va sarflash materiallari;
- ushbu tashkilotlarning faoliyatini ta’minlash uchun zarur, foydalanishda boʻlgan asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari bojхona toʻlovlaridan (QQS va bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi.
Shuningdek hujjat bilan Fargʻona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish nazarda tutilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.