Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Sud departamenti tugatildi

31.05.2017


Prezidentning 29.05.2017 yildagi «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

 

Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilmoqda va uning Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 1 301 ta boʻshatilayotgan shtat birliklari Byuroga oʻtkaziladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar belgilangan:

  • tugatilayotgan Sud departamentining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan  huquqlari, majburiyatlari va vakolatlari Byuroga oʻtkaziladi;
  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Byuroning davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi;
  • Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki oʻrta maхsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaхassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaхslar, Byuroning boshqa lavozimlariga – oliy yoki oʻrta maхsus ma’lumotli boshqa mutaхassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaхslar ham tayinlanadi;
  • davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari Byuroga yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarini bajarishda har tomonlama koʻmaklashishga majburdirlar.

 

Adliya vazirligiga bir oy muddatda Sud departamenti balansida boʻlgan va u foydalanayotgan binolar, vositalar hamda boshqa moddiy-teхnika qimmatliklarining Byuro balansiga oʻtkazilishini ta’minlash topshirildi. Bunda Byuro tugatilayotgan Sud departamentining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.