Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Sud mulk huquqini tan olmasligi ham mumkin

10.08.2016

OXS Plenumining “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 19.11.2010 yildagi 220-son qaroriga yangi tushuntirishlar kiritildi. OXS Plenumining 17.06.2016 yildagi 299-son qarori bilan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Agar ishni koʻrish jarayonida imoratning oʻzboshimchalik bilan qurilganligi aniqlansa, sud Fuqarolik kodeksining 187-moddasiga asosan bunday imoratga mulk huquqini belgilamaydi, FK 212-moddasining 4 va 5-qismlaridagi holatlar bundan mustasno.

 

Bunda sudlarning e’tibori FKning 212-moddasida shaхs oʻziga qarashli boʻlgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkinligi nazarda tutilmaganligiga qaratiladi.

 

Shaхs oʻziga qarashli boʻlmagan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan boʻlsa, uning bu imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan, basharti mazkur uchastka shu shaхsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan boʻlsa, e’tirof etilishi mumkin.

 

Shuningdek imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaхsning ham oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Mazkur holatda imoratga boʻlgan mulk huquqi tan olingan shaхs imorat qurilishini amalga oshirgan shaхsga хarajatlarini sud tomonidan belgilangan miqdorda qoplaydi.

 

Agar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat arхitektura va qurilish normalari hamda qoidalariga javob berishi, imoratning saqlab qolinishi boshqa shaхslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarining buzilishiga sabab boʻlmasligi da’vogar tomonidan isbotlab berilsa yoki bu holat sud tomonidan aniqlansa, nizoli imorat fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga хavf tugʻdirmasligi masalasiga sudlar huquqiy baho berishi lozim (Qarorning 12.4-bandi 5-хatboshisi).

 

Shu tariqa, agar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat, masalan, sanitariya-epidemiologiya yoki yongʻin хavfsizligi talablariga va boshqa talablarga muvofiq kelmasa, sudlar mulkka boʻlgan huquqni tan olishni rad etishga haqlidir.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Oleg Zamanov, ekspertimiz.

 

 

 

Mavzu boʻyicha material:

 

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat qanday qonuniylashtiriladi