Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan Oliy sud tushuntirish berdi

01.02.2021

Rus tilida oʻqish

Oliy sud Plenumining 15.01.2021 yildagi «Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida»gi 1-son qarori qabul qilindi.

 

2021 yil 13 yanvardan boshlab:

  • sud qarorlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berish instituti tugatildi;
  • sud qarorlari ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berishning amaldagi tartibi tubdan oʻzgartirildi;
  • apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari vakolatlari kengaytirildi;
  • ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkazildi.

 

Sudlarga JPKning 1, 3-moddalari, FPKning 1, 7-moddalari, IPKning 1, 6-moddalari, MSIYuTKning 1, 8-moddalari, MJTKning 1, 9-moddalari mazmuniga koʻra, sud muhokamasi, shu jumladan apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ham, sud ishlarini yuritish sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq olib borilishi tushuntiriladi. Shu munosabat bilan 2021 yil 13 yanvardan boshlab:

 

1) ma’muriy sudlar ish yuritishiga qabul qilingan, biroq mazmunan koʻrib chiqilmagan ma’muriy hukuqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar sudlovga tegishliligi boʻyicha jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlariga oʻtkazilishi lozim;

 

2) kassatsiya shikoyatlari (protestlari):

  • sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) shikoyatlar viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar yoki Oliy sud sudlov hay’atlari tomonidan mazmunan koʻrib tugallanishi shart;
  • sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) shikoyatlar, agar ularni qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmasa, oʻtib ketgan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklagan holda apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi lozim;
  • ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha shikoyatlar apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklagan holda apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi lozim;

 

3) apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan 2021 yil 13 yanvarga qadar chiqarilgan qarorlar ustidan Oliy sudning tegishli sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. Apellyatsiya instansiyasi sudi qarori bekor qilingan taqdirda, ish yangidan koʻrib chiqish uchun apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, JKning 13-moddasi 1-qismi mazmuniga koʻra, agar qilmishning jinoiyligi yoki jazoga loyiqligi hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar yangi jinoyat qonuni bilan bartaraf etilgan boʻlsa, jinoyat ishi JPKning 83-moddasi 2-bandi bilan tugatiladi;

 

4) sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) nazorat shikoyatlari (protestlari), agar ularni qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmasa, Oliy sudning tegishli sudlov hay’atlari tomonidan kassatsiya tartibida koʻrib chiqiladi;

 

5) Oliy sud sudyalarining oʻrganishida boʻlgan Oliy sud Rayosatiga nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi shikoyatlar (arizalar), ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrib chiqish uchun protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza sifatida koʻrib chiqilishi lozim;

 

6) Oliy sud sudyasining nazorat shikoyatini koʻrib chiqish uchun sudlov hay’atiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimining mavjudligi belgilangan muddatlar doirasida kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

 

Viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar sud hujjatlari ustidan berilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari):

  • ushbu sudlar tomonidan sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) mazkur bosqich sudlari tegishli sudlov hay’atlari tomonidan mazmunan koʻrib tugallanishi shart;
  • sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan Oliy sudning tegishli sudlov hay’atlariga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari oʻtib ketgan holda esa, apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) shikoyat (protest) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani ilova qilish zarurati tushuntirilgan holda arizachilarga qaytarilishi lozim.

 

Sudlarga apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar muddatni oʻtkazib yuborishda uzrli sabab boʻladigan holat sifatida tan olinishi mumkinligi tushuntirildi. Ushbu masalani muhokama etish chogʻida, sudlar FPK, MSIYuTKIPK va MJTKda belgilangan sud qarorlari ustidan shikoyat (protest) berish muddatlaridan kelib chiqishlari lozim.

 

2021 yil 13 yanvarga qadar qabul qilingan kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari va ajrimlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish, sud hujjatini oʻzgartirgan yoki yangi qaror qabul qilgan tegishli viloyat va unga tenglashtirilgan sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Kassatsiya instansiyasi sudi hujjati bekor qilingan holda, ish shu sud tomonidan apellyatsiya tartibida koʻrib chiqiladi. Nazorat instansiyasi sudining qarorlari va ajrimlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish ham хuddi shu tartibda amalga oshiriladi. Nazorat instansiyasi sudi hujjati bekor qilingan taqdirda, ish Oliy sudning tegishli sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya tartibida koʻrib chiqiladi.

 

Investitsiyaviy nizolarga oid ishlar boʻyicha:

  • fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 2021 yil 13 yanvarga qadar sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) bunday toifaga doir ishlar mazkur sudlar tomonidan mazmunan koʻrib tugallanishi lozim;
  • sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) bunday toifadagi ishlar boʻyicha da’vo arizalari sudlovga tegishliligi boʻyicha iqtisodiy sudga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 15.01.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.