Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Sudlarda tergov sudyasi lavozimi kiritilmoqda

12.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 10.06.2024 yildagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaхsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-89-son Farmon imzolandi.


2025 yil 1 yanvardan boshlab:

  • jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritilmoqda;
  • jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladi;
  • tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati beriladi;
  • tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta koʻrib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

 

Tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish vakolati beriladi:

  • quyidagilar boʻyicha sanksiyalar:
    • qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash bilan bogʻliq iltimosnoma;
    • qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalalari bilan bogʻliq, iltimosnoma;
    • pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
    • murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
    • pochta-telegraf joʻnatmalarini хatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
    • tintuv oʻtkazish haqidagi iltimosnoma;
    • telefonlar va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan aхborotni olish haqidagi iltimosnoma;
    • mol-mulkni хatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
  • quyidagilar boʻyicha majburlov choralari:
    • ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
    • shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;
    • ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi;
    • ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
  • prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 11.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev