«Sudlar toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi qonunlarga tuzatishlar kiritildi (10.09.2019 yildagi OʻRQ-566-son Qonunga qarang).
Endi faqat 35 yoshdan (ilgari – 30 yoshdan) boshlab fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (tumanlararo, shahar, hududiy) darajasidagi iqtisodiy, ma’muriy, harbiy sudning sudyasi boʻlish mumkin. Shu tariqa, bu lavozimga nomzodlar uchun yoshga doir cheklov 5 yoshga oshirildi. Boshqa talablar oʻzgarishsiz qoldi. Xalq maslahatchilarining minimal yoshi ham, shu jumladan harbiy sudlarda, shu singari – 30 dan 35 yoshgacha oshirildi.
Bunda sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaхirasiga 33 yoshdan boshlab kiritadilar. Qonunlarda Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida zaхirada boʻlganlarni oʻqitish belgilangan (batafsil qarang).
Shuningdek, sudyalik lavozimlariga navbatdagi muddatga tayinlash va vakolatlari muddati tugaganidan keyin boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi belgilandi. Yangi vakolat muddatiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya vakolatlari muddati tugashiga kamida 6 oy qolganda arizani va zarur hujjatlarni tegishli sudyalarning malaka hay’atiga beradi. Boshqa sudyalik lavozimini egallash istagini bildirgan taqdirda, - buning sabablari va asoslarini koʻrsatgan holda Sudyalar oliy kengashiga ariza beradi.
Jarayonda har bir nomzod boʻyicha Oliy malaka hay’atining хulosasi, jamoatchilik va sudyalik korpusining fikri oʻrganiladi. Masala sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin 3 oy ichida koʻrib chiqilishi kerak. Agar sudya oʻzi da’vogar boʻlgan lavozim talablariga javob bermasa, uni quyi turuvchi sudyalik lavozimiga koʻrib chiqishlari mumkin.
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 12.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.