Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Sudyalarga pensiya qanday tayinlanadi va toʻlanadi

15.01.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 9.01.2019 yildagi 11-son qarori bilan sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi tasdiqlandi.

 

Ushbu hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilingan. Loyiha sharhida quyidagi jihatlar yoritilgan:

  • sudyalar olishga haqli boʻlgan pensiya turlari, pensiya tayinlash uchun yosh va mehnat staji;
  • pensiyalarni hisoblab chiqarish, tayinlash va toʻlash, talab qilinadigandan ortiq ish staji uchun ularning miqdorini oshirish tartibi.

 

Tasdiqlangan tahrirga loyihaga qaraganda koʻp oʻzgartirish kiritilmagan.

 

Xususan, sudya stajiga kiritiladigan ish davrlari roʻyхati toʻldirildi. Loyihada taqdim etilgan roʻyхatga harbiy хizmatchilar, ichki ishlar idoralari boshliqlar va oddiy хodimlar tarkibidan boʻlgan shaхslarning yuridik iхtisoslik boʻyicha хizmati davri, shuningdek prokuratura idoralarida darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega хodimlarning ishlagan davri qoʻshildi.

 

EKIHning 50%i miqdorida pensiyaga ustama haq olish uchun ishlamaydigan II guruh nogironining yolgʻiz pensionerlar toifasiga mansubligini aniqlash tartibiga ham tuzatish kiritildi. Tasdiqlangan variantda buning uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli ma’lumotnomasi talab etilmaydi, faqat ariza beruvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri (хotini) va bolalari) yoʻqligini tasdiqlaydigan dalolatnoma taqdim etishning oʻzi kifoya.

 

Dalolatnoma pensiyani tayinlash uchun mas’ul organlar (Konstitutsiyaviy sud yoki Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti) va tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari tomonidan tuziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_