Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sugʻurtaga doir huquqbuzarlik uchun avtomobil ushlab turilmaydi

30.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli tuzatishlar kiritildi (28.09.2020 yildagi OʻRQ-638-son Qonunga qarang).

 

Ichki ishlar organlari tomonidan transport vositalarini ushlab turish va koʻzdan kechirish oʻtkaziladigan huquqbuzarliklar roʻyхatiga tuzatish kiritildi. Undan haydovchilarning yonida sugʻurta polisi boʻlmasligi (MJTK 135-m.) va transport vositalari egalari tomonidan fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzilgan boshqa holatlar (MJTK 1351-m.) chiqarib tashlandi.

 

Quyidagilarni unutmaslik kerak: endi ushbu huquqbuzarliklar avtomobilni ushlab turish va koʻzdan kechirish uchun asos hisoblanmaydi, biroq ular boʻyicha ma’muriy javobgarlik bekor qilinmagan. MJTKning 135 va 1351-moddalarida nazarda tutilgan jarimalar amal qilishda davom etadi va avvalgidek, huquqbuzarlardan undiriladi.

 

Tahririyatdan: qonun hujjatlariga mahalliy ijro etuvchi organlarning funksiyalari va vakolatlarini optimallashtirish bilan bogʻliq tuzatishlar kiritildi hamda ilgari fuqarolardan turli vaziyatlarda talab etiladigan ma’lumotnomalar (masalan, turar joyidan ma’lumotnoma va h.k.) bekor qilindi. Bu haqda ilgari yozgan edik (bu yerda va bu yerda qarang).   

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 29.09.2020 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.