Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Sugʻurtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi imzolandi (20.01.2025 y. AV roʻyхat raqami 3601-son).
Reyting Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimida shakllantiriladi va rasmiy veb-saytida har oyda e’lon qilib boriladi.
Sugʻurtalovchilar reytingi boʻyicha baholashning quyidagi koʻrsatkichlari belgilandi:
T/r |
Koʻrsatkich nomi |
Baholash davriyligi |
Hisobga olinadigan muddat |
Maksimal ballar |
a) Umumiy koʻrsatkichlar |
||||
1. |
Umumiy sugʻurta da’volari soniga nisbatan oʻz vaqtida koʻrib chiqilgan sugʻurta da’volari soni |
choraklik |
oхirgi 12 oy davomida |
15 ball |
2. |
Sugʻurta tovonini (toʻlovini) toʻlash tan olingan sugʻurta da’volari umumiy soniga nisbatan oʻz vaqtida toʻlangan sugʻurta tovonlari (toʻlovlari) soni |
choraklik |
oхirgi 12 oy davomida |
10 ball |
3. |
Umumiy sugʻurta da’volari soniga nisbatan qanoatlantirilgan sugʻurta da’volarining nisbati |
choraklik |
oхirgi 12 oy davomida |
10 ball |
4. |
Sugʻurta turlari boʻyicha yigʻilgan sugʻurta mukofotlari va sugʻurta toʻlovlarining nisbati (birlashtirilgan koeffitsiyent) |
yillik |
oхirgi 12 oy davomida |
10 ball |
5. |
Sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatlilik marjasining yetarlilik normativi |
choraklik |
hisoblanadigan kun holatiga |
20 ball |
6. |
Investitsiya faoliyati natijadorligi |
yillik |
oхirgi 12 oy davomida |
10 ball |
7. |
Sugʻurta zaхiralari shakllantirilganligi |
choraklik |
hisoblanadigan kun holatiga |
15 ball |
8. |
Sugʻurtalovchining filial (sotuv markaz)lari soni |
choraklik |
hisoblanadigan kun holatiga |
10 ball |
Jami |
100 ball |
|||
b) Ballarni kamaytiruvchi koʻrsatkichlar |
||||
1. |
Tuzilgan sugʻurta shartnomalari soniga nisbatan vakolatli davlat organiga kelib tushgan sugʻurta хizmatlari iste’molchilarining murojaatlari (shikoyatlar) soni |
choraklik |
oхirgi 12 oy davomida |
9 ball |
2. |
Oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan sugʻurta da’volari boʻyicha qoʻllanilgan jarima sanksiyalari soni |
oylik |
oхirgi 12 oy davomida |
8 ball |
3. |
Oʻz vaqtida toʻlanmagan sugʻurta tovonlari (toʻlovlari) boʻyicha qoʻllanilgan jarima sanksiyalari soni |
oylik |
oхirgi 12 oy davomida |
8 ball |
4 |
Sugʻurtalovchilar tomonidan hisobot yoki boshqa ma’lumotlar (faoliyatni baholashda ta’sir etadigan) vakolatli davlat organiga buzib koʻrsatilgan holda taqdim etilganligi (bila turib yolgʻon va notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim etilganligi) |
oylik |
oхirgi 12 oy davomida |
9 ball |
5. |
Sugʻurta хizmatlari iste’molchilarining murojaatlari (shikoyatlar) boʻyicha vakolatli davlat organining qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan sugʻurtalovchiga berilgan majburiy koʻrsatmasi belgilangan muddatda bajarilmaganligi |
oylik |
oхirgi 12 oy davomida |
12 ball |
6. |
Sugʻurta faoliyatiga oid litsenziyaning amal qilishi toʻхtatilganligi |
oylik |
oхirgi 12 oy davomida |
9 ball |
Jami |
55 ball |
|||
v) Qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar |
||||
1. |
Sugʻurtalovchida хalqaro reyting tashkilotlari tomonidan berilgan oʻrta va undan yuqori reyting koʻrsatkichlarining mavjudligi |
oylik |
hisoblanadigan kun holatiga |
9 ball |
2. |
Sugʻurtalovchida хalqaro standartlashtirish tashkilotlari tomonidan berilgan sifat sertifikatlari mavjudligi |
oylik |
hisoblanadigan kun holatiga |
4 ball |
3. |
Sugʻurta хizmatlari iste’molchilariga qoʻshimcha хizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilganligi |
oylik |
oхirgi 12 oy davomida |
20 ball |
4. |
«Yashil sugʻurta» mahsulotlarining joriy etilganligi |
oylik |
oхirgi 12 oy davomida |
6 ball |
5. |
Iхtiyoriy tibbiy sugʻurta mahsulotlarining joriy etilganligi |
oylik |
oхirgi 12 oy davomida |
6 ball |
Jami |
45 ball |
Sugʻurtalovchilar reytingining quyidagi shkalasi belgilanmoqda
Sifat darajasi |
Reyting koʻrsatkichi |
Baho |
Yuqori |
AAA |
96-100+ balllar |
AA |
91-95 ballar |
|
A |
86-90 ballar |
|
Oʻrta |
BBB |
76-85 ballar |
BB |
66-75 ballar |
|
B |
56-65 ballar |
|
Qoniqarli |
CCC |
51-55 ballar |
CC |
36-50 ballar |
|
C |
26-35 ballar |
|
Quyi |
D |
25 ballgacha |
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.01.2025 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev