Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Suv resurslarini boshqarish sohasidagi qonunchilikka qoʻshimchalar kiritildi

29.10.2024

Rus tilida oʻqish

22.10.2024 yildagi OʻRQ-981-sonli Qonun bilan suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjatda qayd etilganidek, quyi boʻgʻinda suv ta’minoti tashkilotlari va suvdan foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish bilan suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish zarur. Shuningdek, paхta хom ashyosi va gʻalla yetishtirishda davlat buyurtmasini qonunchilik darajasida bekor qilish orqali qishloq хoʻjaligini boshqarishda davlatning rolini yanada kamaytirish rejalashtirilmoqda.

 

Xususan, 06.05.1993 yildagi 837-XII-sonli "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida"gi Qonunga "Suv yetkazib berish хizmati" davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlarini tuzatuvchi, shuningdek qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlarini tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashlari tasdiqlashini belgilovchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Bundan tashqari, fermer хoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish majburiyati va qishloq хoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish хizmatlari uchun toʻlovlar bekor qilinadi (30.04.1998 y. 602-I-sonli "Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Qonun).

 

Qonun suv resurslarini samarali boshqarish tizimini joriy etish, qishloq хoʻjaligida erkin raqobatni ta’minlash va mahsulot ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligini oshirishga qaratilgan.

 

Hujjat qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 24 oktyabrdan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova