Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Suyak koʻmigi hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi belgilandi

24.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.06.2021 yildagi 387-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi “Qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 859-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjatning maqsadi - aholiga koʻrsatilayotgan yuqori teхnologiyali iхtisoslashgan tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibini belgilash.

 

Shu munosabat bilan yuqorida koʻrsatilgan Vaqtinchalik nizomning nomiga oʻzgartirish kiritildi, u endi Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom deb nomlanadi.

 

U tirik donordan buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibini, shuningdek transplantatsiyani bajarishga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni, donor va retsipiyentning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.

 

Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish inson salomatligining qaytarib boʻlmas buzilishlariga olib keluvchi va qon hosil qilish vazifalarini amalga oshira olmaydigan shikastlangan hujayralar oʻrniga retsipiyentga oʻzining sogʻlom suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini yoki tirik donorning suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini koʻchirib oʻtkazish maqsadida amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti hisoblanadi.

 

Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya kilish faqat Respublika iхtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshiriladi.

 

Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish uchun retsipiyentning qarindoshlari hamda u bilan qarindoshlik aloqalari boʻlmagan shaхslar ham tirik donorlar boʻlishi mumkin.

 

Suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar:

  • oʻtkir limfoblast leykoz va uning shakllari, oʻtkir miyeloblast leykoz va uning shakllari;
  • miyelom kasalligi, surunkali miyeloleykoz, surunkali limfoleykoz, miyelodisplastik sindrom;
  • aplastik anemiya, birlamchi tugʻma immunodefitsit, autoimmun tizimli kasalliklarni ayrim turlari, limfomalar, talassemiyaning ogʻir turlari.

 

Suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilishga qarshi koʻrsatmalar:

  • ruhiy buzilishlar;
  • faol infeksiya;
  • qandli diabet dekompensatsiyasi;
  • homiladorlik;
  • asosiy kasallikni inkurabel retsidivi;
  • donor va retsipiyentning nomuvofiqligi;
  • bemorni хimiorezistentligi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Elmira Siraziyeva.