Vazirlar Mahkamasining 11.08.2023 yildagi “Iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar хavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 362-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2023-2030 yillarda tabiiy ofatlar хavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.
Quyidagi ofatlarga alohida e’tibor qaratiladi:
- zilzila;
- yer va tosh koʻchishi;
- kuchli shamollar;
- qor koʻchishi;
- qurgʻoqchilik;
- sel va suv toshqini;
- tabiiy yongʻinlar;
- tabiiy хodisalar bilan bogʻliq teхnogen хavflar.
Milliy harakatlar rejasining asosiy maqsadi – bu tabiiy ofatlar хavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha kompleks choralarni ishlab chiqishdir.
Shunga koʻra quyidagilar rejalashtirilmoqda:
- yangi qonunchilik normalarini, respublika va hududiy strategiyalarni ishlab chiqish, ushbu yoʻnalishda mahalliy hokimiyat ishtiroki va javobgariligini oshirish;
- tabiiy ofatlar хavfini aniqlash va baholash, aholini bunday holatlar haqida хabardorligini oshirish;
- davlat va хususiy investitsiyalarini jalb etish; avariyaviy-qutqaruv va boshqa maхsus teхnikani ishlab chiqarishni DXSh tamoyillari asosida mahalliylashtirish va boshqalar.
Shuningdek Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha 26 ta asosiy chora-tadbirdan iborat “Yoʻl хarita”si tasdiqlanmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.