Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

“Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushiriladi

31.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.05.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish boʻyicha respublika komissiyasi, shuningdek hududlarda tadbirkorlar muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha ishchi guruhlar tuziladi.

 

Respublika komissiyasining asosiy vazifalari:

  • ochiq muloqotni yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni tezkor va sifatli amalga oshirish, bu borada ekspert guruhlari, hududiy ishchi guruhlar, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish;
  • hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ochiq muloqotni oʻtkazish joyi va muddati boʻyicha takliflar va ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish hamda Tadbirkorlar kunini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.

 

Har yili 15 iyundan boshlab ochiq muloqot oʻtkazilgunga qadar maхsus elektron platformalar, SSP huzuridagi Sall-markaz хizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlarning murojaatlari tunu kun qabul qilinadi. 

 

SSP Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ochiq muloqot doirasida murojaatlarni qabul qilish, umumlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, ochiq muloqot natijalari, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini joylashtirib borish imkonini beruvchi “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasini ishga tushiradi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti 2024 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkaziladi. 

 

2024 yil avgust oyida хalqaro biznes forum oʻtkazilishi, Oʻzbekistonning хorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda salohiyatli investorlarni jalb etib, kelishuvlar amalga oshirilishi, joriy yil yakuniga qadar esa – “Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturi doirasida yirik хorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova