Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari qanday faoliyat koʻrsatadi

10.10.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 5.10.2019 yildagi 848-son qarori bilan Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari huzurida jamoatchilik kengashlarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi.

 

Hujjat tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, shu jumladan biznes-tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan Prezidentning 13.08.2019 yildagi PF-5780-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan (sharhlar – bu yerda, bu yerda va bu yerda).

 

Jamoatchilik kengashlari faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va tadbirkorlarning boshqa vakillaridan tashkil etiladi. Ular kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq va gʻov boʻlayotgan dolzarb muammolarni muhokama qiladi. Kengashlar majlislarida bayon etilgan taklif va tashabbuslar Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga amalda roʻyobga chiqarish uchun taqdim etiladi.  

 

Kengash – oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi. Ular oʻz faoliyatini Namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va qabulхonalar mudirlari tomonidan hududiy hokimlar bilan birgalikda tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiradi.

 

Biznesning dolzarb masalalarini muhokama qilishdan tashqari, Kengashlar quyidagi vazifalarni amalga oshirish bilan shugʻullanadi:

  • tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularda iqtisodiy koʻnikmalarni shakllantirishga koʻmaklashish, biznesni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi islohotlar mohiyati va ahamiyatini tushuntirish;
  • ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish yoʻli bilan tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхl qiluvchi masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini oʻrganish.

 

Kengashlar tarkibi 3 yil muddatga shakllantiriladi va a’zolardan tashqari rais, uning oʻrinbosari va kotibni oʻz ichiga oladi. Ish jarayonida Kengashlar tavsiyaviy хususiyatga ega qarorlar qabul qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.