Prezidentning 23.01.2024 yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 fevraldan boshlab qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.
Reyting doirasida tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
- «AAA», «AA» va «A» – yuqori barqarorlik reytingi;
- «VVV», «VV» va «V» – oʻrtacha barqarorlik reytingi;
- «SSS», «SS» i «S» – qoniqarli barqarorlik reytingi;
- «D» – quyi barqarorlik reytingi.
Reyting Soliq qoʻmitasining «Tabdirkorlarning barqarorlik reytingi» elektron platformasida idoralararo aхborot almashinuvi vositasida avtomatik ravishda (onlayn) shakllantiriladi hamda Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun quyidagi ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi:
- «AAA» toifadagi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek ushbu toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi;
- 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan «AA» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlov bir yoʻla amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda boʻlib-boʻlib toʻlash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi.
«A» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan:
- soliqlar boʻyicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarish 3 kun muddatda amalga oshiriladi;
- tovarlarni import qilishda va tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
2024 yil 1 apreldan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda qoʻllaniladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.01.2024 yildan kuchga kirdi.