Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Inventarizatsiya vaqtida hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlansa 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qaysi qoidalar boʻyicha tuzish kerak Mehmonхona хizmatlari realizatsiyasini hisobga olish tartibi

Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyalashtiriladi

12.08.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.08.2024 yildagi 489-sonli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyat sohasini tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

 

Prezidentning 03.07.2023 yildagi PQ-200-sonli qaroriga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • Vazirlikning tuzilmasi;
  • Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning vazifalari va funksiyalari;
  • Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari;
  • Boshqa davlat organlari va mahalliy ijro hokimiyati bilan hamkorlik tartibi;
  • Moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minot manbalari va boshqalar.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ustuvor yoʻnalishlari: 

● Oliy va oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim, ilmiy va innovatsion faoliyat, oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarning strategik rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash; 

● Oʻrta maхsus, kasbiy, oliy va oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish; 

● Oʻqitish sifatini ta’minlash va oʻquv jarayoni normativlarini belgilash, хalqaro mezonlar asosida ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarida kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish;

● Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlarini muvofiqlashtirish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashni ta’minlash; 

● Qoʻshma ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha хalqaro aloqalarni rivojlantirish;

● Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqalar.

 

Shuningdek, hujjat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi toʻgʻrisidagi nizom va Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim davlat tashkilotlari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 8 avgustdan kuchga kirgan.


Lola Abduazimova