Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Ta’lim krediti kimlarga beriladi

19.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 sentyabrdagi 579-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari hamda oʻquvchilariga ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Prezidentning 2024 yil 27 maydagi PF-82-son Farmoniga muvofiq Hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratish;
  • oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ta’lim kreditini ajratish (bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari mustasno).

 

Shuningdek, quyidagilarga ta’lim krediti ajratilishi belgilandi:

  • oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) aхborot tizimlarida talabalar toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda;
  • professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) aхborot tizimida oʻquvchilar toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda.

 

Oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 avgustdagi “Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 527-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 iyundagi “Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va teхnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 389-son qaroriga kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 17 sentyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova