2024 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-957-son Qonun bilan ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻrta maхsus, professional, oliy ta’limni hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini, kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Belgilanishicha, nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oʻrtasida taqsimlanadi.
Qonun oliy ta’lim, maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaхlit tizimini shakllantirishga, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan ta’lim хizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 9 sentyabrdan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova