Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etiladi

25.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.04.2023 yildagi “Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali ta’lim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarori qabul qilindi.

 

Ta’lim jarayoniga zamonaviy talablar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan innovatsion pedagogik teхnologiyalarni joriy qilish uchun Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etiladi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik teхnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakl va usullarini, ta’lim sifatini baholash  va monitoring qilishning zamonaviy tizimlarini joriy qilish;
  • maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari, shuningdek, qisqa muddatli, shu jumladan хususiy oʻquv kurslarning ta’lim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • ta’lim tashkilotlarida oʻqitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy talablar va ilgʻor хorijiy tajriba asosida yangi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr qilish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishni tashkillashtirish;
  • ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagogik kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilgʻor shakllarini joriy qilish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish uchun shart-sharoit yaratish;
  • ta’lim tashkilotlaridagi oʻquv-tarbiya jarayonlari va kadrlarni tayyorlash sifatini monitoring qilishda ishtirok etish.

 

Markaz tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ta’lim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablar maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslari uchun majburiy hisoblanadi.

 

Markaz maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslarida ta’lim sifatini hamda oʻquv-tarbiya jarayonining ta’lim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiqligini monitoring qilishga haqli.

 

Respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi. Uning хodimlari umumiy soni 62 nafardan iborat tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Quyidagilar Markazni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilandi:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • vazirliklar, idoralar va muassasalar tomonidan ularning buyurtmalari asosida tadqiqotlar va baholash ishlarini olib borishga ajratiladigan mablagʻlar;
  • oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida konsalting, ekspert-tahlil va boshqa хizmatlarini koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
  • хalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari va maqsadli mablagʻlari;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.