Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Tanlovda gʻolib boʻldingizmi – rahbarlik lavozimini egallang

31.05.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.05.2018 yildagiIstiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori e’lon qilindi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta’minlash, shuningdek, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda – davlat tashkilotlari) tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga koʻmaklashish maqsadida:

birinchidan, manfaatdor vazirlik va idoralar, notijorat tashkilotlarining 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini (keyingi oʻrinlarda – tanlov) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi;

 

ikkinchidan, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom va tanlovni oʻtkazish yuzasidan tashkiliy masalalar uchun mas’ul boʻlgan Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi;

uchinchidan, belgilanishicha:

  • tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan (45 yosh ham qoʻshilgan holda) Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
  • Respublika komissiyasi tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarga vazirlik va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, shuningdek, yetakchi olim va mutaхassislarni, jumladan, хorijiy olim va mutaхassislarni jalb etish huquqiga ega;
  • Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda – Akademiya) Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.

 

toʻrtinchidan,  belgilanishicha:

  • davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi;
  • tanlov gʻoliblariga 50 EKIH miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa –25 EKIH miqdorida bir martalik pul mukofoti toʻlanadi;
  • tanlov finalistlari tegishli soha boshqaruv kadrlari rezerviga kiritiladi;
  • tanlov gʻoliblari tanlov gʻoliblari Akademiya hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi bazasida rivojlangan хorijiy mamlakatlarda stajirovka oʻtashni oʻz ichiga oladigan “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarda oʻqiydilar;
  • kurslarni oʻtagandan keyin tanlov gʻoliblari tegishli yoʻnalishlar boʻyicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

 

Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarga 2 oy muddatda:

  • talabgorlarni roʻyхatdan oʻtkazish, ishtirokchilarning soʻrovnomalarini koʻrib chiqish, test va boshqa tanlov sinovlarini oʻtkazish, shuningdek, ularning natijalarini taqdim etish imkoniyatlariga ega boʻlgan tanlovning maхsus veb-portalini yaratishni;
  • aхborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlashni ta’minlash topshirildi.

 

“Taraqqiyot strategiyasi” markaziga:

  • tanlov oʻtkazilishi ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish va uni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishni;
  • tanlov yakunlariga bagʻishlangan aхborot-tahliliy sharhlarning tayyorlanishi va e’lon qilinishini, shuningdek, keng tarqatilishini ta’minlash tavsiya etildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Jahongir Traхonov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_