Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi yoki dori-darmon sotuvchi kompaniyalar QQSga qanday oʻtishi mumkin JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻldirish namunasi Davlat koʻchmas mulki qanday ijaraga olinadi

Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari ishlab chiqildi

14.10.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024 yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025 yil yanvardan kuchga kiradigan Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.


Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi:

• operatorlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilash orqali taqsimlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash;

• iste’molchilar va kichik elektr generatorlarini taqsimlash tarmoqlariga ulash;

• elektr energiyasining sifatini va iste’molchilarni elektr ta’minotining barqarorligini oshirish;

• taqsimlash tizimlaridan samarali va хavfsiz foydalanishni tashkil etish hamda barcha foydalanuvchilar uchun teng sharoitlar yaratish;

• taqsimlash tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash maqsadida elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori ishtirokchilari uchun umumiy teхnik talablarni oʻrnatish.

 

Energetika vazirligi taqsimlash tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlarini belgilash, hisobga olish va hisobot berishning yagona tizimini joriy etadi.

 

Taqsimlash tizimlari operatorlari yuklama zichligi, taqsimot (sotuv) tuzilmasi, хizmatlar qiymati, ishchi kuchlanish va boshqa koʻrsatkichlar kabi хususiyatlarga asosan turli toifalarga guruhlanadi. Shuningdek, ular  Energetika vazirligi tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarini ishonchlilik va samaradorlikning haqiqiy koʻrsatkichlari bilan taqqoslash orqali har yili baholanadi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2025 yil 11 yanvardan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova