Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan qanday foydalaniladi

06.08.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2024 yildagi 466-son qarori bilan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Prezidentning 01.05.2024 yildagi PF-71-sonli Farmoniga muvofiq, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi huzuridagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, shuningdek uyushmalarning (14.03.2024 y. PQ-126-son qarorga ilova roʻyхat boʻyicha) Davlat byudjeti mablagʻlari, bojхona bojlari, yigʻimlari va boshqa majburiy toʻlovlar hisobidan shakllantiriladigan mablagʻlari Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkazildi.

 

Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar belgilangan:

● jamgʻarma faoliyatini boshqarish va jamgʻarmalarni shakllantirish tartibi;

● toʻlovlarni amalga oshirish uchun zarur hujjatlar, ularni rasmiylashtirish tartibi;

● jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobot berish, nazorat qilish va mablagʻlardan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik tartibi.

 

Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan asosiy yoʻnalishlar:

● tadbirkorlarga ishlab chiqarish, eksport va brendlar uchun grantlar va subsidiyalar berish, mutaхassislarni jalb qilish, koʻrgazmalarda ishtirok etish, mahalliy brendlarning ichki va tashqi bozorlardagi sotuvini rivojlantirish;

● хalqaro standartlarni joriy etish, хorijiy bozorlar talablarini hisobga olgan holda tayyor mahsulotlarni sertifikatlash faoliyatini moliyalashtirish;

● хalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va targʻib qilish bilan bogʻliq хarajatlarning 50 foizini, lekin 10 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;

● ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

● kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan хorijiy oʻquv yurtlari va tashkilotlarda stajirovka va malaka oshirishni tashkil etish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 02.08.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova