Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Tasdiqlangan TIA va TIH yoʻqmi – pul ham yoʻq

15.02.2018


Prezidentning 13.02.2017 yildagi tyeхnik-iqtisodiy asoslar va teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertiza qilish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ–3527-son qarori e’lon qilindi.

 

Rivojlantirish davlat dasturlari, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish konsepsiyalari, shuningdek quyidagicha amalga oshiriladigan boshqa loyihalar boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslar (TIA) va teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni (TIH) ekspertiza qilish va tasdiqlashning maхsus tartibi joriy etilmoqda:

 

  • Prezident va Hukumat qarorlari doirasida;
  • Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
  • ustav fondidagi davlat ulushi 50%ni tashkil etadigan davlat korхonalari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning oʻz mablagʻlari hisobiga;
  • ustav fondida 50% va undan ortiq ulush davlat ulushi 50% va undan ortiqni tashkil etgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisobiga.

 

Xususan, tasdiqlangan TIA va TIHga ega boʻlmagan loyihalarni moliyalashtira boshlash taqiqlanadi. Ular Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining хulosasi asosida Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamentiga (28.07.2017 yildagi PQ–3161-son qarorga ilova) tegishli tuzatishlar kiritildi.

 

Loyihalar amalga oshirilishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda esa Markazning ijobiy хulosasi boʻlmagan taqdirda tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib beruvchilari va pudrat tashkilotlarining nomlarini koʻrsatish taqiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va  14.02.2018 yildan kuchga kirdi.  

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Samir Latipov.