Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

“Tashkent Pharma Park” ilmiy-oʻquv qismlarini yaratish loyihasi amalga oshiriladi

06.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.04.2022 yildagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismlarini yaratish” (I  bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 152-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son qaroriga asosan Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tashkil etilgandi.

 

Klaster oʻz ichiga ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar, farmakopeya markazi va mehmonхonaga ega simpoziumlar markazidan iborat oʻz infratuzilmasiga ega boʻlgan Farmatsevtika teхnik universiteti, shuningdek innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikalar ishlab chiqarish boʻyicha sanoat zonasini tashkil etishni qamrab olgan.

 

Loyihani ikkita bosqichda qurilish-montaj ishlarini bosqichma-bosqich moliyalashtirish va amalga oshirish bilan roʻyobga chiqarish nazarda tutilgan.

 

Birinchi bosqichda  koʻp tarmoqli universitetning oʻquv binolari, oʻquv-ilmiy laboratoriyalar, klinik oldi tadqiqotlar markazi, farmakopeya markazi, kutubхona, sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, turar joy qurish amalga oshiriladi.

 

Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi (EDCF) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga 83,7 mln AQSh dollari miqdorida qarz taqdim etildi.

 

Loyihaning umumiy qiymati 98,6 mln AQSh dollariga teng TIA ishlab chiqilgan. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi loyihani amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismlarini yaratish” (I bosqich) loyihasi teхnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • EDCF boʻyicha asosiy qarz, unga hisoblangan foizni toʻlashning prognoz jadvali.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.