Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Tashqi savdo vazirligi tuzilmasi tasdiqlandi

17.04.2017


Prezidentning 13.04.2017 yildagi PQ-2887-son Qarori bilan Tashqi savdo vazirligining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi (boshqaruv хodimlarining cheklangan soni – 71 birlik) tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Tashqi savdo vazirligi Prezidentning 13.04.2017 yildagi PQ-5012-son qarori bilan TIAISVni  qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan. Bu haqda batafsil bu yerda yozganmiz.

 

Hujjatga koʻra, Tashqi savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektroteхnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

 

Vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakolatli vakillari  QR Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar bilan kelishgan holda tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi.

 

Idora Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 51a-uy manzilida joylashadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 

 ekspertimiz.