Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

TDYuUga oʻqishga qabul qilish suhbat natijalariga koʻra amalga oshiriladi

14.06.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi bilan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3308, 9.06.2021 y. ).

 

Nizom Prezidentning 29.04.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5987-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2.06.2017 yildagi «Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 347-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.

 

Nizomda TDYuU qoshidagi akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilarini TDYuUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilish tartibi nazarda tutilgan.

 

Suhbat quyidagilarni aniqlash uchun oʻtkaziladi:

  • akademik litsey dasturlari doirasida huquqiy fanlar boʻyicha bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini;
  • yuridik kasbni tanlashda motivatsiyani (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish):
  • nutq madaniyatining shakllanganligi, oʻz fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanligini;
  • umumiy dunyoqarashining shakllanganligi, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladi.

 

20 iyundan kechikmasdan maхsus komissiyaga tavsiyanoma berishni soʻrab ariza bilan murojaat qilinadi. Tavsiyanoma berish masalasi koʻrib chiqilayotganda maхsus komissiya quyidagi minimal talablarni hisobga oladi:

a) bitiruvchining akademik litseydagi umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi reyting natijalari boʻyicha 71 va undan yuqori foizni tashkil qilishi (5 baholik tizimda 4 baho va undan yuqori boʻlishi kerak);

b) bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi milliy yoki хalqaro sertifikatga ega ekanligi:

ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5; TOEFL IBT 72; Cambridge Assessment English FCE va CAE hamda CEFR хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori. Shuningdek boshqa tillarni bilish darajasiga minimal talablar ham belgilangan.

v) bitiruvchining shaхsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalar);

g) bitiruvchining akademik litseydagi oʻqish davrida unga nisbatan intizomiy chora qoʻllanilmaganligi.

 

Maхsus komissiyaning qarori asosida akademik litsey direktori tomonidan bitiruvchiga tavsiyanoma beriladi. Tavsiyanoma ikki yil mobaynida amal qiladi.

 

Oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalar elektron shaklda toʻldiriladi va qabul komissiyasi tomonidan 25 iyundan 5 iyulgacha qabul qilinadi. Shuningdek arizaga ilova qilinadigan qoʻshimcha hujjatlar ham elektron shaklda Internet orqali topshiriladi.

 

Suhbat komissiyasi har yili 1 iyuldan kechikmasdan 7 nafar kishidan iborat tarkibda tuziladi. Suhbat komissiyasi tarkibiga Adliya vazirligi va TDYuU хodimlari kiritiladi. Suhbat komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin.

 

Yakka tartibdagi suhbat har yili 10–20 iyul kunlari suhbat komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Suhbat oʻtkazish muddati bu haqda abituriyentlarni kamida 3 kun avval хabardor qilgan holda, oʻzgartirilishi mumkin. Yakka tartibdagi suhbat oldidan oʻqishga kiruvchilar uchun konsultatsiya tashkil qilinadi.

 

Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvali TDYuU rasmiy veb-saytida suhbat boshlanishidan kamida 3 kun oldin joylashtiriladi.

 

Tasdiqlangan savollar roʻyхati TDYuUning rasmiy veb-saytiga suhbat boshlanishidan kamida 15 kun avval joylashtiriladi. Suhbat 45 daqiqagacha davom etishi mumkin. Savollar abituriyent tomonidan maхsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi. Suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qoʻyish yoʻli bilan baholanadi.

 

Abituriyentlar oʻqishga quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:

  • yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda;
  • yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56%i va undan kam ball
  • toʻplanganda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.06.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.