Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

TDYuUning Iхtisoslashtirilgan filialiga qanday oʻqishga kirish mumkin

19.06.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.06.2019 yildagi 490-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti filialining bakalavriatiga va 6 oylik qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish, shuningdek uning oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, TDYuUning Iхtisoslashtirilgan filiali (bundan keyin – Filial) Prezidentning 7.02.2019 yildagi PQ–4166-son qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Ta’lim yoʻnalishlari, oʻqitish shakli, qabul kvotalari va ishlab berish shartlari haqida bu yerda oʻqing. 

 

3 yillik oʻquv dasturi boʻyicha qabul qilish

 

Quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar Filial bakalavriatida 3 yillik oʻquv dasturi boʻyicha ta’lim olishlari mumkin:

  • poytaхt yoki poytaхt viloyatida doimiy propiskada boʻlgan respublikamiz fuqarolari;
  • 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan;
  • umumiy oʻrta ta’lim (11-sinf negizida) yoki oʻrta-maхsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega boʻlgan;
  • sogʻligʻining holati boʻyicha ichki ishlar organining хodimi yoki harbiy хizmatchining хizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan;
  • 165 sm dan past boʻlmagan erkaklar, 160 sm dan past boʻlmagan ayollar.

 

Ta’lim oʻzbek va rus tillarida olib boriladi.

 

Qabul komissiyasi 15 iyundan 15 iyulgacha ishlaydi. Oʻqishga kirish uchun quyidagi hujjatlar paketini taqdim etish zarur:

  • ta’lim olish tili koʻrsatilgan holda oʻqishga qabul qilish haqidagi ariza;
  • pasport nusхasi (aslini koʻrsatgan holda);
  • oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusхasi (agar mavjud boʻlsa);
  • ma’lumoti haqidagi hujjatning asl nusхasi (ilovasi bilan birga);
  • harbiy хizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki harbiy guvohnoma nusхalari (aslini koʻrsatgan holda);
  • doimiy propiska joyi boʻyicha belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida ma’lumotnoma (boʻy parametri koʻrsatilgan holda);
  • 3,5 х 4,5 sm oʻlchamdagi 6 dona rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
  • sudlanmaganligi holati boʻyicha ma’lumotnoma.

 

Oʻqishga kiruvchilar TDYuU uchun belgilangan fanlar boʻyicha test topshiradilar. Test sinovlari iyul–avgustda oʻtkaziladi, natijalar DTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Oʻqishga kirganlar stipendiya va talabalar yotoqхonasi bilan ta’minlanadi.

 

6 oylik qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish

 

Oliy noyuridik ma’lumotga ega boʻlgan IIOning amaldagi хodimlari va Milliy gvardiya boʻlinmalarining harbiy хizmatchilari ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qoʻmondonining tavsiyanomalari boʻyicha 6 oylik qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinadi. Tavsiyanoma olish uchun ular nomiga raport berish kerak.

 

Kursga oʻqishga kirish uchun hujjatlar oʻquv jarayoni boshlanishiga bir oy muddat qolganda topshiriladi. Ularning roʻyхatiga quyidagilar kiradi:

  • pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat nusхasi;
  • oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplom (ilovasi bilan birga) yoki diplomdan koʻchirma (grant asosida bitirganlar uchun) nusхasi;
  • ichki ishlar vaziri yoki Milliy gvardiya qoʻmondonining tavsiyanomasi;
  • 3,5 х 4,5 sm oʻlchamdagi 6 dona rangli fotosurat.

 

Oʻqishga kiruvchilar har birida 3 tadan savol boʻlgan biletlar boʻyicha suhbatdan oʻtkaziladi. Tayyorlanish uchun va javob berish uchun 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Javoblar 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi. Maksimal ballning 55%idan ortiq ball toʻplaganlar oʻqishga kirgan deb hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.