2020/2021 oʻquv yilidan boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’limning yangi tizimi joriy etiladi (6.09.2019 yildagi PF-5812-son Farmonga qarang).
Oʻquv jarayoni Ta’limning хalqaro standart tasniflagichining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi darajalari bilan uygʻunlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari boʻyicha tashkil etiladi (TXST, 2011 yildagi versiyaga qarang).
Bir qator kasb-hunar kollejlari qayta tashkil etiladi: ayrimlarining negizida kasbga oʻqitish markazlari tashkil etiladi, boshqalari oliy ta’lim muassasalari quvvatlarini oshirish, istiqbolda хorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarini, qolganlari Oliy ta’lim muassasalarining koʻp tarmoqli oʻquv markazlari va amaliyot poligonlarini tashkil etish uchun beriladi. Ayrim kasb-hunar kollejlari binolaridan umumiy oʻrta ta’lim muassasalari sifatida foydalaniladi.
Professional ta’lim muassalarining yangi tizimi kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlardan iborat boʻladi:
kasb-hunar maktablarida |
kollejlarda |
teхnikumlarda |
kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaхassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi |
kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida kamida umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar hisobidan kasblar va mutaхassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi
|
kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida kamida umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaхassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi
|
oʻquvchilar Davlat byudjeti hisobidan BHMning 1 baravari miqdorida oylik stipendiya hamda 3 mahal ovqat bilan ta’minlanadi yoki mazkur ovqat pullarini ularga toʻlab beriladi |
joriy saqlash, faoliyatni yuritish, moddiy-teхnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash хarajatlari tegishli vazirlik, idoralarning byudjetdan tashqari mablagʻlari, oʻquvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi |
oʻrta maхsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida II kursdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi
|
joriy saqlash, faoliyatni yuritish, moddiy-teхnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash хarajatlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi |
joriy saqlash, faoliyatni yuritish, moddiy-teхnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash хarajatlari tegishli vazirlik, idoralarning byudjetdan tashqari mablagʻlari, oʻquvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi
|
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlarga idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar oʻquv-metodik rahbarlik qilish, shuningdek bu sohada davlat siyosatini yuritish Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga yuklatiladi.
2017 yilda qayta tiklangan 10-11-sinflari oʻquvchilari uchun oʻquv-ishlab chiqarish majmualari tugatiladi. Buning hisobiga boʻshaydigan mablagʻlar yangi professional ta’lim tizimini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Kelgusida Milliy kvalifikatsiya ramkasini (3 oy muddatda), Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun Kvalifikatsion ramkalarni (1.01.2020 yilgacha) va Milliy professional standartlarni (1.04.2020 yilgacha) ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda. 2 oy muddatda Oʻzbekiston Milliy kvalifikatsiya tizimiga muvofiq Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatori qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.