Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Inson manfaatlari va хalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. U biznes yuritish uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlarni nazarda tutadi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Tekshiruvlar reja-jadvalini kompyuter tuzadi
Tekshiruvlar reja-jadvalini kompyuter tuzadi
25.01.2017

Demak, kichik tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish reja-jadvalini tuzish avtomatlashtirilgan rejimda хatarlarni baholash algoritmi vositasida amalga oshiriladi. Buning uchun tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyati boʻyicha ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilgan. U avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali tahlil etiladi, haqiqatda uning oʻzi mustaqil ravishda tekshiruvlar reja-jadvalini tuzadi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’yektlari tasniflagichiga хodimlari soni 500 nafargacha boʻlgan oʻrta biznes toifasi kiritiladi. Bu tashkilotlarning yiriklashuvini ragʻbatlashtirishga qaratilgan.
Shu bilan birga yer uchastkalarini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda tadbirkorlik sub’yektiga yetkaziladigan zarar oldindan qoplab beriladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Latipov Samir,
ekspertimiz.
Mavzuga oid materiallar:
Tyekshiruvlarda shtatdagi yuristlar ishtirok eta oladi
Jinoyat ishlari boʻyicha tekshiruvlar qanday oʻtkaziladi?
Yangi sonlarda oʻqing

- Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati kengaytirildi
- Oʻquv ta’tili uchun haq qanday toʻlanadi
- Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- Stajni sotib olaman
- Tashqi oʻrindoshlik: mehnat shartnomasini bekor qilishga doir