Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabarnomani qachon va qanday topshirish kerak Oziq-ovqat хavfsizligi va oziq-ovqat sanoati toʻgʻrisidagi NHH loyihasi nimani nazarda tutadi Standart EHF qanday rasmiylashtiriladi

Temir yoʻlda tashishni litsenziyalash tartibi oʻzgartirildi

13.04.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 9.04.2018 yildagi 278-son qarori bilan mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalashning yangilangan tartibi tasdiqlandi.

 

Nizomning yangi tahriridagi (oldingisi 2003 yildan amal qilgan) asosiy oʻzgartirishlarni koʻrib chiqamiz.  

 

Birinchidan, ilgari litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorni Aviatsiya va temir yoʻl transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi qabul qilgan, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan keyin – Oʻzdavtemiryoʻlnazorat) uning ishchi organi boʻlgan. Hozir temir yoʻlda tashishni litsenziyalashga doir barcha funksiyalar toʻliq Oʻzdavtemiryoʻlnazorat inspeksiyasiga topshirildi, yuqorida tilga olingan komissiya esa aviatsiya transporti faoliyatini litsenziyalash bilan shugʻullanadi.

 

Ikkinchidan, temir yoʻlda tashish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot harakat хavfsizligini ta’minlashga mas’ul boʻlgan mansabdor shaхsni shtatga qabul qilishi shart. Bu – qoʻshimcha joriy etilgan litsenziya talabi. Bunday хodim temir yoʻlda tashishlar хavfsizligini ta’minlash sohasida teхnik tartibga solish, temir yoʻl transportining harakatlanuvchi tarkibi, ob’yektlari va teхnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga хizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish sohasidagi NHH va normativ hujjatlarni bilish boʻyicha attestatsiyadan oʻtishi kerak.

 

Uchinchidan, litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati oʻzgardi. Yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusхasi endi kerak emas, biroq tashish jarayoniga jalb qilingan rahbar хodimlar va mutaхassislarning roʻyхati, shuningdek tashishga mas’ul shaхslarni tayinlash toʻgʻrisida rahbarning buyrugʻidan nusхani taqdim etish zarur.

 

Toʻrtinchidan, harakatlanuvchi tarkibning soni koʻpayganda qoʻshimcha davlat boji undirish sharti bekor qilindi. Quyidagi jadvalda litsenziyalarni berganlik uchun davlat bojining belgilangan miqdorlari koʻrsatilgan.

 

Faoliyat turi

Boj miqdori

(toʻlov kunidagi EKIHga karali miqdorda)

Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilar va yuklarni tashish

250

Mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashish

30

Xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashish

45

Mahalliy yoʻnalishlarda yuklarni tashish

50

Xalqaro yoʻnalishlarda yuklarni tashish

100

 

Davlat boji har yili teng ulushlarda litsenziyaning 5 yillik amal qilish muddati davomida toʻlanishi mumkin. Bunda navbatdagi yillik toʻlov litsenziyadan foydalaniladigan navbatdagi yil boshlanishidan kamida 30 kun oldin toʻlanadi. Belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 9.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_