Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

“Termiz” EIZ kengaytiriladi

22.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.12.2021 yildagi "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan "Boysun-farm" EIZ hududi Termiz” EIZ hududi tarkibiga qoʻshiladi. "Boysun-farm" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" DUK tugatiladi.

 

"Boysun-farm" EIZ ishtirokchilari "Boysun-farm" EIZ tugatilgan kundan boshlab "Termiz" EIZ ishtirokchisi hisoblanadi. Bunda, ulardan "Termiz" EIZ ishtirokchilari reyestriga kiritilganlik uchun toʻlov undirilmaydi. "Termiz" EIZ ishtirokchisiga aylangan tadbirkorlik sub’yektlariga qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar va kafolatlar toʻliq qoʻllaniladi.

 

"Termiz" EIZning hududida, shu jumladan qoʻshib berilgan hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish Prezidentning 2018 yil 21 dekabrdagi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.