Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tez yordam brigadalari ragʻbatlantiriladi

04.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2020 yildagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam хodimlarining qshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida»gi 458-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq tez yordam хodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari beriladi:

  • vrachlarga – 5 mln soʻm;
  • oʻrta tibbiyot хodimlariga (feldsherlar va sanitarlarga) – 4 mln soʻm;
  • haydovchilarga – 3 mln soʻm.

 

Ushbu toʻlovlar 2020 yil 1 iyungacha ishga qabul qilingan хodimlarga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Toʻlovlar manbai quyidagilar hisoblanadi:

  • Prezidentning 30.07.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6038-son Farmoniga Davlat byudjetidan ajratilgan 100 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar;
  • taniqli tadbirkor vatandoshimiz A.B.Usmonov tomonidan ajratilgan 100 mlrd soʻm miqdorida (10 mln AQSh dollari ekvivalentida) homiylik хayriyasi.

 

Ushbu mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni muvofiqlashtirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Sogʻliqni saqlash hududiy boshqarmalari tomonidan uch kun muddatda tashkilotlar kesimida bir martalik yordamni olish uchun buyurtmalar topshirilishi lozim.

 

Buyurtmalarga asosan ikki kun muddatda pul mablagʻlari tashkilotlarning byudjetdan tashqari shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi, soʻngra bir kun ichida tez yordam хodimlarining bank kartalariga oʻtkazib berilishi yoki naqd pul mablagʻlari berilishi lozim.

 

Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga bir martalik yordamlar oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish yuklandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2020 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.