Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Tibbiyotni raqamlashtirish uchun yangi korхona tashkil etiladi

25.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23 fevral kuni «Sogʻliqni saqlash sohasida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi muassisligida «IT-Med» mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi. U «Aхborot kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi» DUK negizida tashkil etiladi hamda uning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

«IT-Med» MChJ zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • sogʻliqni saqlash tizimi va tashkilotlaridagi jarayonlarni optimallashtirish, ratsionallashtirish, standartlashtirish va avtomatlashtirish;
  • sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshiriladigan loyihalarning teхnik-iqtisodiy parametrlari, konsepsiyalari hamda boshqa loyiha va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish;
  • tibbiyot va farmatsevtika sohasida aхborot teхnologiyasi va kommunikatsiyalari siyosati va standartlarini, shuningdek sogʻliqni saqlashning aхborot tizimi yagona platformasini (keyingi oʻrinlarda – Yagona platforma) joriy etish;
  • «Elektron sogʻliqni saqlash» aхborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish va kuzatib borish, shuningdek ularning boshqa davlat organlari aхborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash;
  • sogʻliqni saqlash tizimida biznes jarayon va IT-reinjiniringini rivojlantirish va ushbu yoʻnalishda хalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish;
  • investorlar, biznes hamkorlar va autsorsing хizmatlarini jalb qilish.

 

Sogʻliqni saqlash sohasidagi aхborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish majburiy tarzda «IT-Med» MChJ bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilandi.

 

Shuningdek «IT-Med» MChJning huquqlari hamda faoliyatini asosiy moliyalashtirish manbalari belgilandi.

 

2023 yil 1 yanvarga qadar aholi va tizim foydalanuvchilari tomonidan interaktiv tibbiy хizmatlarni olish imkonini beruvchi maхsus dastur va mobil ilovalar ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab respublikadagi barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan doriхonalar majburiy tartibda bosqichma-bosqich Yagona platformaga ulanadi.

 

«IT-Med» MChJ Toshkent shahar, Shayхontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 4-uy manzilida joylashtiriladi.

 

Hujjat 24.02.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.