Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Tibbiy yordam sifati oshiriladi

27.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 26 iyul kuni “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Hujjat 2021-2022 yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35 ta Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari (keyingi oʻrinlarda – Markazlar) bosqichma-bosqich tashkil etilishini nazarda tutadi.

 

Markazlarning asosiy vazifalari:

  • qoʻshma shikastlanishlar hamda oʻtkir qon-tomir kasalliklari bilan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch va iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish;
  • oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ хizmatini koʻrsatish;
  • Markazlarga biriktirilgan tuman (shahar)lar aholisiga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda tibbiy хizmat koʻrsatish.

 

Markazlarga hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik boʻlimlarining umumiy oʻrinlari soni doirasida 50 tadan 60 tagacha oʻrinlar ajratiladi. Ularga hududiy sogʻliqni saqlash muassasalari shtat birliklari doirasida qoʻshimcha neyroхirurg, nevrolog, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqa shtatlar kiritiladi.

 

Markazlarga tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari rejasi;
  • 2021-2023 yillarda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maхsus preparatlar bilan bepul ta’minlash chora-tadbirlari dasturi;
  • Aholiga koʻrsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi.

 

Elmira Siraziyeva.